«Monako» Liga 1'da soʻnggi olti oʻyinda besh marta magʻlubiyatga uchradi
Jamoa hozirda turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
FOTO: Getty Images
Liga 1 Fransiya
14.12.2025, Yak.
Marseille
1
Monaco
0
Kecha, 14 dekabr kuni Fransiya chempionatining 16-turi doirasida «Marsel» klubi «Monako»ni minimal hisobda — 1:0 — mag‘lub etdi. Bu natija monakoliklar uchun chempionatdagi so‘nggi olti turdagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Avvalroq «Monako» «Parij»ga (0:1), «Lans»ga (1:4), «Renn»ga (1:4) va «Brest»ga (0:1) imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu davr mobaynidagi yagona g‘alaba 29 noyabr sanasiga to‘g‘ri keladi — o‘shanda jamoa «PSJ»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Hozirda «Monako» Liga 1 turnir jadvalida 16 turdan so‘ng 23 ochko jamg‘arib, to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Chempionatning navbatdagi turi 2026 yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Unda «Monako» ayni paytda beshinchi pog‘onada turgan «Lion»ga qarshi maydonga tushadi.