«Monako» direktori Ansu Fatining kelajagiga oydinlik kiritdi
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 5 ta oʻyinda 6 ta gol urdi.
FOTO: Getty Images
«Monako» klubi bosh direktori Tiago Skuro «Barselona»dan ijaraga olingan hujumchi Ansu Fati boʻyicha jamoaning rejalari haqida gapirdi.
«Bu mavzu hozircha muhokamada emas. Ayni paytda bizning maqsadimiz — Fatiga o‘yin amaliyoti berish, uni «Monako» uchun muhim va barqaror futbolchiga aylantirish. Biznes tomoni hozircha ikkinchi darajada. Vaqti kelganda, kerakli qarorni qabul qilamiz.
Klub bu borada futbolchi va «Barselona» bilan tuzilgan kelishuv bilan himoyalangan. Asosiy maqsad — natijaga erishish va Fatining maydondagi o‘rnini mustahkamlash», — dedi Skuro.
Eslatib oʻtamiz, Ansu Fati joriy mavsum «Monako» safida jami 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist