locale OZ

“Monako” Ansu Fati uchun “Barselona”ga qancha to'lamoqchiligi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Monako” Ansu Fati uchun “Barselona”ga qancha to'lamoqchiligi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning “Monako” klubi “Barselona” hujumchisi Ansu Fatini kelasi mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin turibdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Monako” 22 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilmoqda. Ta'kidlanishicha, Fatining o'zi allaqachon Fransiya klubi bilan prinspial kelishuvga erishgan.

Ma'lumot uchun, Fati joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting