Moise Kean faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Unga Yevropa jamoalari ham qiziqmoqda
Photo: Getty Images
Moise Kean faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriera dello Sport xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Fiorentina" hujumchisiga "Al-Qodisiya" klubi qiziqish bildirgan va ular Keanning 52 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor. Klub allaqachon Kean vakillari bilan bog‘langan.
Kean xizmatiga Yevropa klublaridan "Manchester United" va "Fenerbahçe" klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Qayd etilishicha, Keanning tovon puli 1 iyuldan 15 iyulgacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Kean A Seriyada 32 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va musobaqaning ikkinchi to‘purari bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist