Milinkovich-Savich qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin
Saudiyaning «Al Hilol» klubi yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savich qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 30 yoshli futbolchining xizmatlari Turkiyaning «Galatasaroy» va «Fenerbahche» klublariga taklif qilingan. Shuningdek, unga «Inter», «Yuventus» va APLning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Serbiyalik futbolchining saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Agar tomonlar yaqin oylarda kelishuvga erisha olmasa, yarimhimoyachining yanvar oyida klubni tark etish ehtimoli yuqori.
Maʼlumot uchun, Milinkovich-Savichning Transfermarkt'dagi narxi 17 million yevroga baholanmoqda. «Al Hilol»ga oʻtishidan avval u 8 yil davomida «Latsio» sharafini himoya qilgan.