\"Milan\" Richchining transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
Italiyaning “Milan” jamoasi Samuele Richchining transferini rasman e'lon qildi.
“Rossonerilar” “Torino”da to‘p surgan 23 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Italiyalik futbolchi “Milan” bilan 2029 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi. Natijalarga qarab, tomonlar shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Avvalroq klub futbolchining transferi uchun 23 million yevro va 1,5 million bonus to‘lagani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Richchi A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor