\"Milan\" Florenzi jamoani tark etishini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Milan" italiyalik himoyachi Alessandro Florenzi bilan xayrlashdi. Bu haqda "rossonerilar" matbuot xizmati yozmoqda.
Qayd etilishicha, 34 yoshli futbolchi so‘nggi to‘rt yilni "Milan" safida o‘tkazdi. Bu vaqt davomida u jami 77 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Jamoa bilan birga u Italiya chempionati va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
O‘tgan mavsumda Florenzi "Milan" safida atigi bitta o‘yinda maydonga tushdi. Faoliyatida avvalroq "Roma", "Valensiya", "PSJ" klublarida o‘ynagan. Rimlik futbolchi Italiya terma jamoasi safida 49 ta o‘yin o‘tkazgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist