locale OZ

Messi Klozening rekordini takrorladi

Argentinalik futbolchi JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Jazoirga (3:0) qarshi uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Klozening rekordini takrorladi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
16.06.2026, Yak.
Argentina
3
Jazoir
0

Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Jazoirga (3:0) qarshi uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi va jahon chempionatlari tarixidan joy olgan yana bir rekordni takrorladi.

Argentina milliy jamoasi hujumchisi uchinchi golini jarima maydoni chizig‘i yaqinida to‘pni qabul qilib, o‘zining an’anaviy chap oyog‘idagi aniq zarbasi bilan urdi. Jazoir darvozaboni Lyuka Zidan bu safar ham jamoasini qutqara olmadi.

Messi avvalroq 17 va 60-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, xet-trikni 76-daqiqada rasmiylashtirdi.

Ushbu gollar evaziga 39 yoshli argentinalik yulduz jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va Germaniya afsonasi Miroslav Kloze bilan birgalikda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Shu tariqa Messi braziliyalik Ronaldo Nazariodan ham o‘zib ketdi.

Bundan tashqari, «Inter Mayami» hujumchisi JCH-2026ning ilk xet-trigini qayd etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting