locale OZ

Messi jahonga chempionatlaridagi gollar bo‘yicha o‘zining tarixiy rekordiga izoh berdi

Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi jahonga chempionatlaridagi gollar bo‘yicha o‘zining tarixiy rekordiga izoh berdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
16.06.2026, Yak.
Argentina
3
Jazoir
0

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Jazoir milliy terma jamoasiga qarshi o‘yindagi xet-trikdan so‘ng o‘zining tarixiy yutug‘i haqida fikr bildirdi. J guruhi 1-tur uchrashuvi Argentinaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Rostini aytsam, bu ro‘yxatda bo‘lish men uchun katta sharaf, lekin, oxir-oqibat, bu shunchaki statistika bo‘lib qoladi. Bu shunchaki statistika. Bu unchalik ko‘p narsani anglatmaydigan oddiy bir raqam. Men erishgan barcha narsalarimdan mamnunman. To‘g‘risini aytsam, hozir yashayotganimning hammasi — taqdir in’omi. Xudoning marhamati bilan yakka va jamoaviy darajada hamma narsaga erishdim, endi esa boshqa bir bosqichda yashayapman va bundan zavqlanayapman. Men shunchaki har bir lahzadan zavq olaman», — deya Messining so‘zlarini keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ta’kidlash joizki, yakunlangan uchrashuvda Messi jahon chempionatlaridagi gollar bo‘yicha Miroslav Klosenning rekordini takrorladi. Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting