locale OZ

JCH-2026. Argentina milliy jamoasi Jazoirni yirik hisobda mag‘lub etdi

Uchrashuv qahramoni Lionel Messi bo‘lib, u xet-trik qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Argentina milliy jamoasi Jazoirni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
16.06.2026, Yak.
Argentina
3
Jazoir
0

Jahon chempionatining J guruhi 1-turida Argentina milliy jamoasi Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramoni Lionel Messi bo‘lib, u xet-trik qayd etdi.

Messi 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. U 60-daqiqada dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 76-daqiqada Nikolas Gonsales assistidan keyin uchinchi golini urdi.

Bundan tashqari, argentinalik afsonaning 5-daqiqadagi goli ofsayd sabab bekor qilindi.

Argentina keyingi turda 22 iyun kuni Avstriya bilan, Jazoir esa 23 iyun kuni Iordaniya bilan bahs olib boradi.

JCH-2026. 1-tur
Argentina — Jazoir 3:0
Gollar:
Messi 17, 60, 76.

Argentina: Emiliano Martines, Gonzalo Montel (46' Naul Molina), Kristian Romero (80' Niko Pas), Lisandro Martines, Fakundo Medina, Rodrigo de Paul, Aleksis Mak Allister, Enso Fernandes, Tyago Almada (55' Niko Gonsales), Lionel Messi (80' Nikolas Otamendi), Lautaro Martines (55' Xulian Alvares).

Jazoir: Lyuka Zidan, Rafik Belgali, Aissa Mandi, Rami Bensebayni, Rayan Ait-Nuri, Hisham Budaoui (64' Hussem Auar), Nabil Bentaleb (82' Ramiz Zerrouki), Anis Hadj-Mussa (64' Mohamed Amura), Ibrohim Maza (82' Adel Bulebina), Fares Shaibi, Amin Guiri (64' Riyod Mahrez).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting