locale OZ

«Mash’al» – «Qo‘qon-1912». O‘zaro o‘yinlar tarixidan

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Ibrohim Ismoilov boshqarib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu: «Mash’al» – «Qo‘qon-1912»
Фото: Машъал ПФК

Superliga 27-turida “Mash’al” va “Qo‘qon-1912” o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Uchrashuv rasmiylari

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Ibrohim Ismoilov boshqarib boradi. Uning qanotlarida Shohnur Yo‘ldoshev va Sardor Umurzoqovlar yordam beradi. Zahira hakami Jahongir Noraliyev. Hakamlarni Timur Abdullayev nazorat qiladi. Uchrashuv komissari: Samandar Ibragimov

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalar shu paytgacha chempionat doirasida 17 marta to‘qnash kelishgan. Bu o‘yinlarda g‘alabalar soni bo‘yicha “Mash’al” 8 ta, “Qo‘qon-1912” esa 4 ta g‘alaba qo‘lga kiritgan. 5 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati “Mash’al” foydasiga 29-19.

O‘zaro o‘yinlarda jamg‘arilgan ochkolar bo‘yicha “Mash’al” 29, “Qo‘qon-1912” esa 17 ochko to‘plagan. “Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda erishgan eng yirik g‘alabasi 4:0, “Qo‘qon-1912”ning eng katta g‘alabasi esa 3:1 hisobida yakunlangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting