locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Markus Reshford bir qarorga keldi: U “Barselona”ga o'tmoqchi

Futbol 13 iyn 2025 da 07:35
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Reshford faqatgina “Barselona”ga o'tishni xohlaydi. O'tgan mavsum hujumchi ijara asosida “Aston Villa”da to'p surdi.

Avvalroq kataloniyaliklar angliyalik futbolchining ushbu qarorini qadrlashi, biroq hujumni kuchaytirish uchun “Liverpul” vingeri Luis Diasni ustuvor variant sifatida ko'rayotganini aytgandi.

Reshford esa iyun oyi davomida “Barselona”ning yakuniy qarorini kutishga tayyor. Ayni damda 27 yoshli hujumchiga “Chelsi”, “Arsenal”, “Aston Villa”, “Inter” va “Milan” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Reshfordning “Manchester Yunayted”dagi maoshi mavsumiga 10 million yevroni tashkil qiladi. Ammo vinger ispan grandiga o'tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting