locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Marca: Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi uzaytirilmasligi mumkin

Futbol 10 may 2025 da 03:02
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

40 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirish masalasi xavf ostida qolmoqda. Bu haqda ispan nashri Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq klub va futbolchi o‘zaro kelishuvga erishib, shartnomani yana ikki yilga uzaytirishga qaror qilgandi. Biroq jamoaning so‘nggi natijalari, xususan, Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida Yaponiyaning “Kawasaki Frontale” jamoasiga qarshi o‘yinda (2:3) mag‘lubiyatga uchrashi bu kelishuvga jiddiy ta’sir qilgan.

Shuningdek, klub rahbariyati Ronalduning Saudiya chempionati 30-turida “Al-Ittihod”ga qarshi o‘yinda (2:3) mag‘lubiyatdan keyingi reaksiyasidan ham norozi bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi uchrashuv tugagan zahoti g‘azab bilan maydonni tark etgan.

Marca yozishicha, “Al-Nasr” rahbariyati Ronaldu jamoaga sovrinlar yutishda katta yordam beradi, deb umid qilgan, biroq bu kutilmalar hozircha o‘zini oqlamayapti.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting