locale OZ

“Manchester Yunayted” Onaning o'rniga yangi darvozabon topib qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Onaning o'rniga yangi darvozabon topib qo'ydi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Liga 1 klubi kamerunlik posbonga qiziqish bildirmoqda va uning transferi bo'yicha MYU bilan bog'lanishgan.

Qayd etilishicha, agar Onana sotilsa, mankunianliklar “Atalanta” darvozaboni Marko Karnesekkini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Karnasekki o'tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 18 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting