“Manchester Yunayted” “Atalanta” yulduzini nishonga oldi
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Atalanta” yarim himoyachisi Ederson o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Give me Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar jamoa futbolchisi Kobbi Maynaning kelajagi borasidagi noaniqlik sabab yangi yarim himoyachi qidirmoqda. Ta'kidlanishicha, Kobbi MYU rahbariyatidan maoshini oshirishni talab qilmoqda.
Shu sabab, “qizil iblislar” yozgi transferlar oynasida Maynani sotib, uning o'rniga Edersonni olib kelmoqchi.
Ma'lumot uchun, Ederson joriy mavsum “Atalanta” safida jami 132 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist