Manchester klublari Donnarummaga qiziqmoqda
Uning "PSJ"dagi kelajagi noma'lum
Photo: Getty Images
Manchester klublari Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirmoqda.
LʼEquipe maʼlumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti”dan tashqari “Manchester Yunayted” ham Donnarumma bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda. Angliya klublari darvozabon uchun asosiy daʼvogarlar sifatida ko‘rilmoqda.
Darvozabonning “PSJ” bilan shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi va bitim muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri olib borilmoqda.
Parij klubi Donnarummaga yangi shartnoma taklif qilmoqda, unda asosiy maosh kamaytirilgan va o‘yinlar soniga qarab bonuslar qo‘shilgan. Agar kelishuv amalga oshsa, italiyalik posbon klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.