Manba: Agar “Barselona” Joan Garsiyani sotib olsa, ter Shtegen jamoani tark etadi
FOTO: Getty Images
“Barselona” rahbariyatining yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda darvozabonning jamoadagi o'rni bo'yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda RAC1 nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” “Espanyol” darvozaboni Joan Garsiyadan kutishmoqda. Kataloniyaliklar rahbariyati 24 yoshli golkiper ularning taklifini qabul qilishiga ishonmoqda.
Agar Garsiya “Barselona”ga o'tsa, ispan grandi rahbarlari 33 yoshli darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni sotishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, ter Shtegen 2014-yilning yozidan buyon “Barselona”da o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u ko'plab sovrinlar, jumladan, Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist