locale OZ

Luka Modrich faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda La Republica nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Modrich transferga rozi bo'lgan va “rossonerilar” bilan 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Muzokaralar hozirda yakuniy bosqichda.

Ma'lumot uchun, Modrich 2012-yildan buyon “Real”da o'ynab kelmoqda. Uning ispan grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting