locale OZ

«Liverpul» London jamoalariga qarshi oʻyinlarda antirekord oʻrnatdi

Mersisaydliklar APLning 9-turida «Brentford»ga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» London jamoalariga qarshi oʻyinlarda antirekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.10.2025, Yak.
Brentford
3
Liverpul
2

«Liverpul» Angliya Premyer-ligasidagi ketma-ket toʻrtinchi magʻlubiyatini qayd etdi. Mersisaydliklar safarda «Brentford»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Squawka nashrining xabariga koʻra, bu natija «qizillar» uchun yana bir antirekordni yaratdi — jamoa London klublariga qarshi Premyer-liga doirasidagi safar oʻyinlarida ketma-ket beshinchi marta magʻlubiyatga uchradi.

Arne Slot shogirdlari avvalroq «Chelsi»ga (1:2), «Kristal Pelas»ga (1:2), yana «Chelsi»ga (1:3) va «Fulhem»ga (2:3) yutqazishgandi.

Maʼlumot uchun, «Liverpul» oʻzining navbatdagi oʻyinini 29 oktyabr kuni oʻz maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi oʻtkazadi. Hozirda mersisaydliklar APL turnir jadvalida 15 ochko bilan 6-oʻrinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting