Van Deyk «Liverpul»ning ketma-ket toʻrtinchi magʻlubiyatidan soʻng jamoa muxlislariga murojaat qildi
Mersisaydliklar «Brentford»ga ham imkoniyatni boy berib qoʻydi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.10.2025, Yak.
Brentford
3
Liverpul
2
Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi va sardori Virjil van Deyk «Brentford»dan (2:3) uchralgan magʻlubiyatdan soʻng jamoaning holati haqida fikr bildirdi.
«Har birimiz, jumladan men ham, o‘zimizga qarashimiz kerak. Ishonchim komilki, bu holatdan chiqamiz. Ammo bu faqat soʻz bilan emas, mehnat va oʻsish bilan amalga oshadi.
Oʻtgan mavsum biz bilan birga quvongan muxlislar hozir ham bizni qoʻllab-quvvatlashlari lozim», — deydi Van Deyk.
Maʼlumot uchun, «Liverpul» oʻzining navbatdagi oʻyinini 29 oktyabr kuni oʻz maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi oʻtkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist