locale OZ

Lionel Messi Saudiya klubiga o'tish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi Saudiya klubiga o'tish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Saudiya Pro-ligasi vakillari bilan bevosita aloqada bo'lib turibdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Qayd etilishicha, shartnoma imzolangach, Messi o'zi o'ynamoqchi bo'lgan klubni mustaqil tanlaydi.

Ma'lumot uchun, Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida ko'plab sovrinlar, jumladan, sakkizta “Oltin to'p” va JCh-2022 g'olibligini qo'lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting