Lionel Messi nega “Barselona”ga qaytishni istamayotgani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishni istamayapti. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ayni damda Messining kataloniyaliklar rahbariyati bilan munosabatlari yaxshi emas va shuning uchun “Barselona” bilan aloqa o'rnatishni istamayapti.
Qayd etilishicha, argentinalik yulduz ehtimoliy faxriylar o'yinida ham “Barselona” libosida qatnashishni rejalashtirmagan.
Ma'lumot uchun, Leo 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami” safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist