Lionel Messi JCH finali oldidan go‘dak Lamin Yamal bilan tushgan mashhur suratiga munosabat bildirdi
Lionel Messi JCH finali oldidan go‘dak Lamin Yamal bilan tushgan mashhur suratiga munosabat bildirdi.
Lionel Messi Argentina va Ispaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 finali oldidan go‘dak Lamin Yamal bilan tushgan va internetda keng tarqalgan suratlarni “haqiqatan ham aql bovar qilmas holat” deb ta’rifladi.
Rostini aytsam, bu surat chindan ham aql bovar qilmas. Axir hayot shunday-da, to‘g‘rimi? — dedi Messi Nyu-Yorkdagi sahna chiqishi vaqtida Tom Bredi bilan suhbatda.
Lamin go‘dak bo‘lganida u bilan suratga tushgandim. Bugun esa ikkalamiz Jahon chempionati finalida bir-birimizga qarshi maydonga tushamiz. Bu rostdan ham hayratlanarli, — dedi argentinalik futbolchi.
Ushbu fotosessiya 2007-yilda mahalliy Diario Sport gazetasi va UNICEF hamkorligida tayyorlangan xayriya taqvimi doirasida tashkil etilgan edi.