locale OZ

\"Lill\" Giruning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Lill" Giruning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Olivye Giru Fransiyaga qaytdi.

Shu tariqa, 38 yoshli hujumchi "Los-Anjeles"ni erkin agent sifatida tark etdi va "Lill" bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma bir yilga mo'ljallangan. Keyinchalik tomonlar kelishuv muddatini yana uzaytirishi mumkin.

“Yana Fransiya chempionatiga qaytganimdan xursandman. 13 yil oldin mamlakatni tark etgandim. Qachondir yana qaytishimni bilardim. Shu kun keldi”, - deya fikr bildirdi Giru.

Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri to'qqizinchi raqam ostida harakat qiladi.

Giru faoliyati davomida "Monpelye" uchun Liga 1da o'ynagan. 2012 yilda u Fransiya chempioni maqomida "Arsenal"ga o'tgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting