Liga 1 yangi mavsumda foydalaniladigan to'plarni namoyish etdi
Fransiya chempionatining so'nggi turi 17 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
ФОТО: Getty images
Liga 1 o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali 2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi rasmiy to'pni taqdim etdi.
«Biz 2026/2027 yilgi mavsum uchun Liga 1ning yangi rasmiy to'pini faxr bilan taqdim etamiz», — deyiladi xabarda.
2025/2026 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo'lishni Paris Saint-Germain muddatidan oldin ta'minladi. Jamoa 33 ta o'yindan so'ng 76 ochko to'pladi.
Turnir jadvalida ikkinchi o'rinni Lens egallab turibdi — ular hisobida 67 ochko bor. Uchinchi pog'onada esa Lille joylashgan bo'lib, jamoa 61 ochko jamg'argan.
Fransiya chempionatining so'nggi turi 17 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist