Liga 1. «PSJ» 90+5-daqiqada urilgan gol evaziga safarda «Lion»ni magʻlub etdi
Fransiya chempionatining 12-turidan oʻrin olgan bahsda «PSJ» safarda «Lion» mehmoni boʻldi va qiyinchilik bilan gʻalaba qozondi — 3:2.
Dastlab hisob 26-daqiqada Uorren Zair-Emeri tomonidan ochildi. 30-daqiqada Alfonso Moreyra muvozanatni tikladi.
Oradan uch daqiqa oʻtib Xvicha Kvaratsxeliya hisobni 2:1 koʻrinishiga olib kelgan boʻlsa, 50-daqiqada Aynsley Mitlend-Nayles yana farqni yoʻqqa chiqardi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Joau Nevesh parijliklarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, «PSJ» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 27 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Lion» esa 20 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda.
Liga 1. 12-tur
«Lion» — «PSJ» 2:4
Gollar: Moreyro (30), Mitlend-Nayles (50) — Zair-Emeri (26), Kvaratsxeliya (33), Nevesh 90+5).
Lion — Greyf, Klyuyvert, Mata, Niakate, Meytlend-Naylz, Tessmann, Morton, Talyafiko, Merah (Tolisso, 78), Deniyel, Gʻazzol (Karabes, 64).
PSJ — Shevale, Zair-Emeri, Zabarniy, Pacho, Ernandes (Markinos, 74), Nevesh, Vitinya, Ruis (Mbaye, 75), Li Kan, Mayulu (Njantu, 67), Kvarasxeliya (Ramush, 75).