Levandovski qishda «Barselona»ni tark etmaydi — Romano
Polshalik forvard mavsumni kataloniyaliklar safida yakunlamoqchi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar oynasida jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 37 yoshli futbolchi joriy mavsumni kataloniyaliklar safida yakunlashni istamoqda. Shu bilan birga, polshalik forvard yozda «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etish ehtimoli yuqori.
Maʼlumot uchun, Levandovski 2022 yilning yozidan buyon kataloniyaliklar safida toʻp surmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, tajribali hujumchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist