Levandovski “Inter”ga qarshi o‘ynaydi
Photo: Getty Images
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter”ga qarshi maydonga tusha oladi. Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Polshalik futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytdi va “Inter”ga qarshi o‘yinga tayyor. Biroq himoyachi Aleks Balde jarohati sababli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi sonidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘la olmagan va maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 6 may kuni Milanda bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda 3:3 hisobi qayd etilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist