locale OZ

Levandovski «Barselona»ni tark etishini e'lon qildi

Levandovski 2022 yil yozida «Barselona»ga ko'chib o'tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

Robert Levandovski joriy mavsum yakunida «Barselona»ni tark etishini ma'lum qildi.

«To'rt yillik sinovlar va qattiq mehnatdan so'ng yangi bosqichga o'tish vaqti keldi. Men o'z missiyamni bajardim degan hissiyot bilan ketayapman. To'rt mavsum — uchtalik chempionlik. Muxlislardan olgan mehrni hech qachon unutmayman. Kataloniya — mening uyim. Bu yerda o'tkazgan ajoyib yillarim uchun barchaga rahmat. Prezident Joan Laportaga alohida minnatdorlik bildiraman — u menga faoliyatimdagi eng ajoyib sahifalardan birini yashash imkonini berdi. “Barsa” o'z o'rniga qaytdi», — deb yozdi hujumchi ijtimoiy tarmoqda.

Levandovski «Barselona»ga 2022 yil yozida ko'chib o'tgan edi. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 191 ta o'yinda ishtirok etib, 119 ta gol va 24 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Polshalik forvard kataloniyaliklar safida uch marta Ispaniya chempioniga aylandi, shuningdek, uch bor Superkubok va bir marta mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting