locale OZ

Levandovski “Barselona\"ni tark etib, Saudiya klubiga o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski “Barselona"ni tark etib, Saudiya klubiga o'tadi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski 2026-yilning yozida, “ko'k-anorranglilar” bilan shartnomasi yakunlangach Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o'tishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Bardelona” 36 yoshli hujumchi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Qayd etilishicha, Levandovski faoliyatini Saudiyada davom ettirish istagini uning agentligi vakili tasdiqlagan.

Ma'lumot uchun, Levandovski o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting