Levandovski «Barselona»ni tark etadi
Hujumchi Robert Levandovski mavsum-2025/2026 yakunida Ispaniyaning «Barselona» klubini tark etadi. Bu haqda polyak jurnalisti Tomasz Vlodarczyk xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni, 17 mayda polyak futbolchisi «Betis»ga qarshi La Liganing 37-turi doirasida «Kamp Nou» stadionida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. Ta’kidlanishicha, 37 yoshli hujumchi uchun eng ehtimoliy keyingi manzil Saudiya Arabistoni chempionati bo‘lib, unga vaqt mintaqasi, Yevropaga masofa va iqlim sharoitlari muhim omil sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, «Chicago Fire» klubidan tushgan taklif ham ko‘rib chiqilmoqda, ammo u ustuvor emas. «Portu» klubi ham Levandovskiga qiziqish bildirgan, biroq hozirda u ko‘proq Yaqin Sharq variantiga e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi yaqin kunlarda yakuniy qaror qabul qiladi.
Hujumchi «Barselona»dan yangi shartnoma bo‘yicha taklif olgani, biroq jamoada kamroq rol egallashini sabab qilib uni qabul qilmayotgani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, bu holatda pul Levandovski uchun ustuvor omil emas. U asosiy tarkibda o‘ynash va jamoa natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishni xohlamoqda.
Avvalroq «Barselona» va Levandovski yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.