\"Latsio\" Pedro bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
Rimning “Latsio” klubi hujumchi Pedro bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, “burgutlar” 37 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2026 yilning yozigacha yangi bitim imzolagan.
Futbolchining maoshi o‘zgarmasdan qolganligi aytilmoqda.
Pedro 2021 yildan beri “Latsio” safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqtga qadar 176 o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan.
U “Barselona” safida yorqin o‘yinlari bilan nom qozongan. Kataloniyada o‘ynagan vaqtida u 20 ta sovrin sohibiga aylangan. Jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist