\"Latsio\" Baronini iste'foga chiqardi
U bir yil davomida klubni boshqardi
Photo: Getty Images
Rimning “Latsio” klubida bosh murabbiy Marko Baroni iste'foga chiqdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, tomonlar hamkorlikni to'xtatishga qaror qilgan. U 2024 yilning yozidan beri “burgutlar”ni boshqarib kelayotgan edi.
Baroni qo'l ostida “Latsio” A Seriyada mavsumni 7-o'rinda yakunladi va YeChL yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Yevropa Ligasida esa chorak finalgacha yetib bordi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist