locale OZ

Lamin Yamalning yangi shartnomadagi tovon puli miqdori ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamalning yangi shartnomadagi tovon puli miqdori ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Xabaringiz bor, ispaniyalik vinger Lamin Yamal “Barselona” bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Mundo Deportivo jurnalisti Fernando Poloning xabar berishicha, yangi bitimga ko'ra Yamalning tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.

Manbaga ko'ra, bunday narx kataloniyaliklarning asosiy yulduzini boshqa klublarga sotmaslik bilan bog'liq.

Ma'lumot uchun, Yamal “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting