locale OZ

Lamin Yamal: “Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal: “Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi”
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal uni Lionel Messi bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

“Men o'zimni hech kim bilan, jumladan Messi bilan ham solishtirmayman. Men Leoga qoyil qolaman, u tarixdagi eng zo'r futbolchi.

Men shunchaki yanada yaxshi bo'lishga harakat qilyapman, o'zimni boshqa futbolchilar bilan taqqoslash befoyda deb o'ylayman”, - deya Yamalning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting