Lamin Yamal 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Ispaniyaning Marca nashri tomonidan o‘tkazilgan mavsum yakunlariga bag‘ishlangan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 2023/24 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
U umumiy hisobda 3310 ochko to‘plab, mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu ovoz berishda Marca tahririyati jurnalistlari bilan bir qatorda, Ispaniyadagi boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, sobiq futbolchilar va murabbiylar ham ishtirok etdi.
Ikkinchi o‘rinni 3100 ochko bilan “PSJ” vingeri Usmon Dembele egalladi. Kuchli uchlikni esa uning jamoadoshi — portugaliyalik yarim himoyachi Vitinya yakunladi, u 2732 ochko to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yaqinda “Barselona” klubi bilan shartnomasini 2031 yil yozigacha uzaytirdi.
O‘tgan mavsumda futbolchi 55 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol va 25 assist muallifiga aylandi.