locale OZ

La Liga “Barselona”ga yordam berishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga “Barselona”ga yordam berishi mumkin
FОТО: La Liga

“Barselona” shu haftada “Borussiya Dortmund” ustidan umumiy 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Barselona”ning “Inter”ga qarshi birinchi o‘yini 30-aprel kuni, javob bahsi esa 6-may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Barselona” uchun ushbu sinovning eng qiyin tomoni shundaki, klub “Inter”ga qarshi javob o‘yinidan ikki kun oldin, 4-may kuni “Real Valyadolid”ga qarshi o‘ynashi kerak.

Shu maqsadda La Liga “Valyadolid”ga qarshi uchrashuvni boshqa vaqtga ko‘chirish orqali “Barselona”ga yordam bermoqchi. Bu haqda COPE xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning “Valyadolid”ga qarshi o‘yini 3-mayga ko‘chirilishi mumkin, shu sababli kataloniyaliklar “Inter”ga qarshi javob o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘lishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting