locale OZ

Kutilmagan qaror! “Real” Vinisius Juniorni sotishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kutilmagan qaror! “Real” Vinisius Juniorni sotishga tayyor
FOTO: Football365

Madridning “Real” klubi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Vinisius Junior bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar chog'ida braziliyalik futbolchidan hafsalasi pir bo'lgan. Endilikda klub Vinisius bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi.

Qayd etilishicha, agar Saudiyadan braziliyalik vinger bo'yicha rekord darajadagi taklif tushsa, “Real” buni qabul qiladi.

Ma'lumot uchun, Vinisius joriy mavsum madridliklar safida jami 39 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting