locale OZ

Kunde «Barselona»dan ketishi mumkin

Kundening bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Kunde «Barselona»dan ketishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde joriy mavsum boshlanganidan keyin jamoadagi holatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Fransiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan va agar vaziyat o‘zgarmasa, klubni tark etishga tayyor. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining uchta yetakchi klubi 27 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda. «Barselona» yozgi transferlar oynasida Kundening transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor edi, biroq futbolchining o‘zi jamoada qolishni istagan.

Agar Kunde sotilsa, kataloniyaliklar uning transferidan 50 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab olishi mumkin.

Kunde joriy mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Kundening bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting