locale OZ

Kukurelya «Barselona»ga o'tmoqchi

'Chelsi' o'z futbolchisini 40 million yevrodan 50 million yevrogacha baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya 'Barselona'ga o'tmoqchi
ФОТО: Getty images

'Chelsi' himoyachisi Mark Kukurelya 'Barselona'ga o'tishni xohlamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchi o'z klubini jamoasini o'zgartirish istagi haqida ogohlantirgan. Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchini 'ko'k-anorranglilar' ustozi Xans-Diter Flik yuqori baholamoqda.

Xabar qilinishicha, Kataloniya klubining Kukurelyani xarid qilish borasidagi qadamlariga chap qanot himoyachisi Aleks Baldening ehtimoliy ketishi ta'sir qiladi. 'Chelsi' o'z futbolchisini 40 million yevrodan 50 million yevrogacha baholamoqda.

'Barselona'dan tashqari Kukurelyaga Angliya Premer-ligasi va boshqa yirik Yevropa ligalari klublari ham qiziqish bildirmoqda. 'Manchester Siti', 'Manchester Yunayted', 'Atletiko' Madrid va 'Real' so'nggi oylar davomida uning holatini diqqat bilan kuzatib borishgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting