locale OZ

Kristensen “Barselona”dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Kristensen “Barselona”dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Andreas Kristensen kelasi mavsumda jamoada qolishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.

Qayd etilishicha, 29 yoshli daniyalik futbolchi jamoadagi o‘rni uchun kurash olib borish niyatida. Kristensening klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda La Liganing uchtа o‘yinida ishtirok etgan futbolchi ikki marta sariq kartochka oldi. Andreas Kristensen 2022 yilning yozida "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting