Krishtianu Ronalduning o'g'li Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv oldi
FOTO: Getty Images
Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'li Xorvatiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Portugaliya U-15 terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Kichik Ronaldu uchun bu uning faoliyatidagi ilk chaqiruv edi.
Portugaliya yoshlar terma jamoasi ushbu turnir davomida Yaponiya, Gretsiya va Angliyaga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023-yildan buyon “An-Nasr” safida o'ynab kelmoqda. U shuningdek, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Sporting” klublari sharafini ham himoya qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist