locale OZ

Krishtianu Ronaldu: “Maqsadim 1000 ta gol urish emas”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu: “Maqsadim 1000 ta gol urish emas”
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida 1000 ta gol urishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Hozirda Ronaldu hisobida 931 ta gol bor.

“Do'stlar, kelinglar, hozirgi lahzadan zavqlanaylik. Mening maqsadim 1000 ta gol urish emas. Agar shunday bo'lsa, bu ajoyib bo'lardi. Agar bo'lmasa, hechqisi yo'q”, - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, kecha, 4-aprel kuni Saudiya Pro-ligasining 26-turidan o'rin olgan bahsda “An-Nassr” “Al-Hilol” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda Ronaldu dubl qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting