locale OZ

Krishtianu Ronaldu faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini nomi oshkor qilinmagan Braziliya klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ushbu klub portugaliyalik yulduzga bozor narxlaridan oshib ketadigan shartlarni taklif qilmoqda. Bundan tashqari, bitimga uchinchi tomon investorlari ham qo'shilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, bu taklifni qabul qilish orqali Ronaldu klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun, 2025-yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Braziliyaning “Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense” va “Botafago” klublari ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting