locale OZ

Kivu: «Yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Muhimi, g‘alaba qozondik»

"Inter" ustozi "Qayrat"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kivu: "Yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Muhimi, g‘alaba qozondik"
ФОТО: Getty images

“Inter” bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Qayrat”ga (2:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo bizda uch ochko bor. Bu esa eng muhimi hisoblanadi. Hozirda 12 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldik. Aynan shuni istagandik. Chempionlar ligasida har doim qiyin bo‘lgan, hech bir bahs oson o‘tmagan.

Ba’zida biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin bo‘lgan vaziyatda biroz shoshilib qoldik. Ammo keyin hammasini yaxshi bajardik, gol urdik va g‘alaba qozondik”, - deya Kivuning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting