locale OZ

Karvaxal faoliyatini «Inter»da davom ettirishi mumkin

34 yoshli ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni, Qatar va MLS klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar mavjud.
Karvaxal faoliyatini «Inter»da davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages

"Inter" "Real Madrid"ning sobiq sardori bilan shartnoma imzolash uchun favorit hisoblanadi.

Fichajes nashrining xabar berishicha, amaldagi A Seriya chempioni o‘ng qanot himoyachisi qidirmoqda va hozirda erkin agent bo‘lgan Dani Karvaxalni transfer ro‘yxatiga qo‘shib oldi.

34 yoshli ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni, Qatar va MLS klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar mavjud.

O‘tgan mavsumda Dani Karvaxal "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushgan. U "Los Blankos" safida 451 ta o‘yinda 14 ta gol urgan va 66 ta golli uzatma bergan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting