Karvaxal «Barselona» — «Vilyarreal» o‘yinini AQShda o‘tkazilishini tanqid qildi
Ushbu bahs La Liganing 17-turi doirasida tashkil etiladi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal «Barselona» va «Vilyarreal» oʻrtasidagi La Liga 17-tur uchrashuvini AQShda, Mayamidagi «Hard Rock» arenasida o‘tkazilishi haqida fikr bildirdi.
«Vilyarreal» — «Barselona» uchrashuvining Mayamida oʻtkazilishi, shubhasiz, musobaqa natijalariga ta'sir qiladi. Bu holat La Liga jamoalarining teng sharoitda raqobatlashish imkoniyatini buzadi», — dedi Karvaxal.
Eslatib oʻtamiz, Ispaniya futbol assotsiatsiyasi (AFE) La Liga jamoalari sardorlari bilan birgalikda rasmiy bayonot chiqargan edi. Unga koʻra, 9-tur oʻyinlarining boshida futbolchilar Ispaniya chempionati uchrashuvlarini chet elda oʻtkazilishiga qarshi norozilik aksiyasini o‘tkazadilar.
Nasrullo Karimov
Jurnalist