locale OZ

Karim Benzema “Al-Ittihod”ni “Real” bilan taqqosladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karim Benzema “Al-Ittihod”ni “Real” bilan taqqosladi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema hozirgi jamoasini Madridning “Real” klubi bilan solishtirdi.

“Ispaniya va bu yer butunlay boshqacha. Bu yerdagi hamma narsa “Real”dan butunlay farq qiladi.

Shunga qaramay, bu yerda o'ynash juda qiyin, chunki sen doimo g'alaba qozonishing kerak”, - deydi Benzema.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli fransiyalik futbolchi 2023-yilning yozida erkin agent sifatida Saudiya klubiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting