locale OZ

\"Kalyari\"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Kalyari"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Photo: Getty Images

"Kalyari"ga Fabio Pizakane bosh murabbiy etib tayinlandi.

Qayd etilishicha, 39 yoshli mutaxassis bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolandi. Agar Fabio jamoa bilan yaxshi natijalarga erishsa, kelishuv muddati yana uzaytirilishi shartnoma bandlariga kiritilgan.

Umuman olganda, Pizakane “Kalyari”da 2015 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan. So‘ng yoshlar jamoasini boshqargan va asosiy jamoada ham murabbiylar shtabiga kirgan.

Avvalroq "Kalyari" Davide Nikolani iste’foga chiqargandi. Sardiniya klubi o‘tgan mavsumda A Seriyada 15-o‘rinni egallagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting