Jorge Jesus – “An-Nasr” bosh murabbiyi
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi Jorge Jesusni bosh murabbiy lavozimiga rasman tayinlaganini e’lon qildi.
70 yoshli portugaliyalik mutaxassis avvalroq iste’foga chiqarilgan Stefano Pioli o‘rnini egalladi. Bu murabbiy bilan qancha muddatli shartnoma tuzilganligi hozircha noma’lum.
Jesusning so‘nggi klubi "Al Hilol" bo‘ldi, u shu yilning may oyida jamoani tark etgan edi. Portugaliyalik murabbiy boshqaruvidagi klub Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, "An-Nasr" esa turnir jadvalida uchinchi o‘rinda mavsumni yakunladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor